Pullarni ololmagan tadbirkor, ariza bilan murojaat etishga majbur bo‘ldi
Farg‘ona viloyati. 2019 yilning avgust oyida 34 yoshli Madiyor A., o‘ziga tanish bo‘lgan 36 yoshli Ilxomjon M.,ning ishonchiga kirib, undan 100.000.000 (yuz million) so‘mlik uzum mevalarini pulini keyinchalik beraman deb aldab olib ketganligini va Ilxomjon M.,ga uning pullarini bermasdan o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha arizachi 2020 yilning dekabr oyida murojaat etganligi sababli hamda Madiyor A.,ning xati harakatlarida firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki mulkiga bo‘lgan huquqini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergovga kirishilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizni xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘zingizni qo‘lingizda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti