O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijonda chaqaloq savdosi oldi olindi

Andijon viloyati. 2020 yilning 12 dekabr kuni Andijon viloyati IIB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-tadbir davomida, Jalaquduq tumani Tuyalas MFYda yashovchi 20 yoshli Dilfuza K., o‘zining farzandi 2020 yil 15 avgust kuni tug‘ilgan o‘g‘lini Bozorboshi MFY ko‘chasida joylashgan “Gap” kafesida xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga kimyoviy ishlov berilgan 5200 (besh ming ikki yuz) AQSH dollari pullar evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbir davomida, Dilfuza K., dan kimyoviy ishlov berilgan 5200 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Dilfuza K., ga nisbatan JKning135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u, gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, so‘roq qilingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

 

Muallif: katta tergovchi kapitan J.J. Shonazarov

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech