O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tunlari fuqarolarning tinchini buzib talonchilik qilib yurgan o‘smirlar endilikda sud oldida javob berishadi

Andijon viloyati. 2020 yilning oktyabr oylarida 19 yoshli Elbek R., o‘zining jinoiy sheriklari 17 yoshli Shoxrux v. va Otabek G‘.,lar 20 yoshli Islom I. hamda 19 yoshli Abror A., bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zganing mulkini egallash maqsadida jinoiy reja tuzib, joriy yilning oktyabr oyidan dekabr oylarigacha bo‘lgan vaqt mobaynida fuqarolarning telefon apparatlarini ochiqdan-ochiq talon taroj qilganliklari aniqlangan.

Jumladan: Joriy yilning 7 noyabr kuni soat 23:00 larda jinoiy guruh  Asaka tumani Qashqar MFY hududida 18 yoshli Bobur F.,ning “SAMSUNG GALAXY NOTE-8” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon taroj qilib, hodisa joyidan qochib yashiringanlar.

Bundan tashqari yuqoridagi kabi holatlar 21,26,31 oktyabr va 3 noyabr kunlari ham sodir etilganligi aniqlangan, uyali aloqa vositalarini bozorda sotib yuborib pullarni o‘zaro taqsimlab, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlar maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan, avvaliga yuqoridagi holatlarni kim sodir etganligini aniqlash maqsadida nomaʼlum shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov natijalariga ko‘ra talonchilarning shaxsi aniqlangan va jinoyat ishlari birlashtirilgan. Yuqoridagi qonunbuzarlarning har biriga Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi(takroran sodir etilgan talonchilik), 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish) bilan ayblovlar eʼlon qilinib tegishli ehtiyot choralari tanlangan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 14 dekabr kuni ayblov xulosasi tuzilib, sud muhokamasiga yuborish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.

 

Muallif: katta tergovchi kapitan  

                        E.A. Axmadaliyev

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech