O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Taqiqda turgan avtomashina qalbaki hujjat asosida sotilganligi aniqlandi

Qashqadaryo viloyatidagi banklarning birida, aylanma mablag‘ni kengaytirish hamda qurilish materiallari sotib olish maqsadida Qarshi tumanida joylashgan MCHJga 150.000.000 so‘m miqdorida kredit berilgan, biroq MCHJ rahbari 48 yoshli D.I. (ayol) garov sifatida qo‘yilgan “Captiva” rusumli avtomashinani kredit qarzdorligi to‘lanmasdan turib, 2020 yilning avgust oyi boshlarida qarzdorlik haqidagi aloqa xatining o‘rta qismini mexanik harakat taʼsirida o‘chirib, qalbaki hujjatlarni notariusga taqdim qilib, avtomashinani taqiqdan chiqarishga erishib, bank tomonidan band solingan mulkni qonunga xilof ravishda sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni qo‘lga kiritgan.

Sudga oid texnik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bank tomonidan berilgan aloqa xatining o‘rta qismi mexanik harakat taʼsiri oqibatida o‘chirilganligi hamda yuqori va pastki qatordagi matnlar bir printerda bajarilmaganligi ko‘rsatilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish), 228-moddasi 3-qismi (qalbaki hujjatdan foydalanish), 233-moddasi 1-qismi (Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech