Avval sudlangan shaxs maktab buyumlariga ham “ko‘z olaytirdi”
Namangan viloyati. Kuni-kecha Uychi tumanda joylashgan maktabning direktori tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 19 fevral kunidan 20 fevral kuniga o‘tar kechasi Uychi tumanida joylashgan maktabning psixologlar xonasida bo‘lgan narxi 500.000 so‘mlik monitor, narxi 150.000 so‘mlik klaviatura, sichqoncha va voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi katta inspektori R.Adashevga tegishli bo‘lgan narxi 500.000 so‘mlik 1 dona monitorlar nomaʼlum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, ushbu narsalarni topishda hamda nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Uychi tumanda yashovchi muqaddam o‘g‘irlik jinoyatini sodir etkanligi uchun sudlangan 21 yoshli E.A. tomonidan sodir etilgani aniqlanib, undan 2 dona monitor, 1 dona klaviatura va 1 dona sichqonchalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan E.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti