Avvaliga bosqinchilik endi esa transport vositasini olib qochish
Samarqand viloyati. 2023 yil 15 fevral kuni soat 03:30da Nurobod tuman “Po‘latchi” mahallasida yashovchi 45 yoshli Sh.D. ariza bilan murojaat qilib, unda nomaʼlum shaxs, uning hovlisidagi oq rangli “NEXIA-2” rusumli avtomashinasini ochiq holda va kaliti o‘t oldirgichda qoldirilganligidan foydalanib olib qochganligi, ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida olib qochilgan avtomashina Pastdarg‘om tumani Go‘zalkent M.F.Y. hududidan o‘tuvchi “Kattaqo‘rg‘on-Juma” yo‘lining bo‘yidan tut daraxtiga urilgan holda aniqlangan.
Ushbu jinoyatni sodir qilgan nomaʼlum shaxsni aniqlash va uni ushlashga qaratilgan tezkor-qidiruv ishlar natijasida, jinoyat Nurobod tumanida yashovchi muqaddam bosqinchilik jinoyati bilan sudlangan 22 yoshli Q.O. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti