Namanganlik fuqaro nonvoyxonasida qimor o‘ynashga sharoit yaratib berganligi aniqlandi
Namangan viloyati. 2021 yil 06 fevral kuni 41 yoshli Arabjon T., Pop tumani “Yuqori Xonobod” MFY.,da joylashgan nonvoyxonasining yordamchi xo‘jalik xonasida ushbu mahallada yashovchi Sayfiddin U., va G‘ulomjon Q.,larga o‘yin kartasi yordamida qimor o‘ynashlari uchun 10 000 so‘mdan cho‘tal pullar olishi evaziga kelishib, jami 80 000 so‘m pullarni olganligi aniqlanib, o‘yin kartasi, qimor uchun tikilgan 1 850 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 41 yoshli Arabjon T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti