O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bankomatga ko‘z olaytirgan shaxs, jinoyat joyida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Andijon viloyati. 2022 yil 12 mart kuni soat 21:50 larda Andijon shahar Aralsk ko‘chasida yashovchi 34 yoshli N.Sh. Andijon shahar Bozor ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Hamkorbank” ATB Andijon filiali tasarrufida bo‘lgan bankomatga kelib, bank tomonidan fuqarolar bank plastik kartalaridagi pullarni naqd pul shaklida yechib olishlari uchun jami 144.570.000 so‘m pullar solingan bankomatni mix sug‘urish moslamasi “montirovka” yordamida buzib ochmoqchi bo‘lganida, shu yerda xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.Sh.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu modda bilan unga ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda, ushbu shaxs boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech