Beton to‘siq va mast holdagi “COBALT” haydovchisi
Qashqadaryo viloyati. 2022-yil 01-yanvar kuni soat 02:00 larda Qarshi shahar “102” raqamiga Koson tumani Po‘lati shaharchasida yashovchi 34 yoshli B.I. qo‘ng‘iroq qilib, unga tegishli bo‘lgan “COBALT” rusumli avtomashinasini Qarshi shahrida joylashgan “Narmen” tungi klubi yonidagi bilyard o‘ynash joyiga kelib, avtomashinasini B.Sherqulov ko‘chasi chetida qoldirib ichkariga kirib ketganligidan so‘ng nomaʼlum shaxs avtomashinasini olib qochganligi to‘g‘risida xabar berib, avtomashinani topishda hamda transport vositasini olib qochgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu transport vositasi Qarshi shahar Zarin ko‘chasida yashovchi 49 yoshli B.D. tomonidan olib ketilganligi, B.D. avtomashinani mast holatda boshqarib Qarshi shahar I.Karimov ko‘chasidagi beton to‘siqqa urilib, yo‘l transport hodisasini sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti