Ma'suliyatsiz qorovulMa'suliyatsiz qorovul
Farg‘ona. 2020 yilning 17 iyul' kuni “Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” AJ direktori B.M., O‘zbekiston tuman IIB ga ariza bilan murojaat qilib, unda jamiyatning O‘zbekiston tumani Jonobod qishlog‘ida joylashgan yordamchi xo‘jaligiga keltirib qo‘yilgan jami 260 dona temir quvurlarning umumiy bahosi 12.240.000 so‘m bo‘lgan 48 donasi noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma'lum qilgan.
Ushbu arizaga asosan shu kuni hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi chiqib, voqea joyini ko‘zdan kechirgan va tegishli prosessual hujjatlarni rasmiylashtirgan.
Holat yuzasidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida IIB xodimlari tomonidan o‘g‘irlangan temir quvurlarning 29 donasini jamiyatda qorovul bo‘lib ishlovchi 49 yoshli O.Q., o‘g‘irlab ketganligi aniqlanib, quvurlar ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan. O.Q. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, hozirda quvurlarning qolgan qismini o‘g‘irlagan shaxslarni aniqlash bo‘yicha bir qator tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti