O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir ish ortidan qolganlari ham fosh bo‘ldi...

Surxondaryo viloyati. 2020 yilning 15 dekabr kuni 28 yoshli Botir Z., Sariosiyo tumani IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilib, unda nomaʼlum shaxs Sariosiyo tumani “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi hududida joylashgan “Qo‘zigul fayz” nomli savdo majmuasida joylashgan telefon aksessuarlari do‘konidan 10 dona umumiy narxi 26 mln. 900 ming so‘mlik telefon apparatlarini o‘g‘irlab ketganligini, ushbu nomaʼlum shaxslarni aniqlab, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy zararni undirib berishni so‘ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan 16.12.2020 yilda Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Uzun tumanida yashovchi Dilovar A., sodir etganligi aniqlanib, uning yana bir qator tumanlarda shunga o‘xshash jinoyatlarni sodir etganligi maʼlum bo‘lgan. O‘g‘irlangan 1 dona “Samsung A 01 Kore” rusumli telefon apparatini Dilovar A. tanishiga berganligi aniqlanib, shu tanishidan ushbu telefon apparati tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda hamda o‘g‘irlangan telefon apparatlarini topish choralari ko‘rilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech