O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir kunda ikkita avtomashinani tunagan shaxslar fuqarolar yordamida ushlandi

Xorazm viloyati. 2021 yilning 23 fevral kuni soat 04:50 dan 05:15 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxslar Urganch shahri Sheroziy ko‘chasi hududida turgan 26 yoshli Nargiza R., va 25 yoshli Zokir E.,larga tegishli “Nexia-2” rusumli avtomashinalarning qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, nomaʼlum jism bilan eshiklarini ochib, Nargiza R., ning avtomashinasidan 5 000 000 so‘m pul mablag‘lari hamda Zokir E.,ning avtomashinasidan bir dona videoregistratorni yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 24 yoshli Suraj M., va 25 yoshli O‘ktam M.,lar sodir etib, hodisa joyidan qochib ketayotganlarida o‘sha atrofdagi fuqarolar ularni yuzlarini tanib qolganliklari aniqlanib, ulardan videoregistrator ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Suraj M., va O‘ktam M.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech