Birovning “Captiva”sini sotib yuborgan firibgar
Qashqadaryo viloyati. 2020 yil noyabr oyining oxirlarida Koson tumanida yashovchi 26 yoshli U.A. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘ziga tegishli bo‘lmagan “Captiva” rusumli avtomashinani tanishi 43 yoshli D.S.ga ko‘rsatib, uni avtomashinaning hech qanday hujjatlari mavjud bo‘lmasa-da, hujjatlari to‘liq ekanligiga ishontirib, 170 mln. so‘m evaziga avtomashinani nomiga rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, D.S.dan ushbu miqdoridagi pullarni olganidan so‘ng, avtomashinani nomiga rasmiylashtirib bermasdan, olgan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti