Pullarni uch baravar ko‘paytirib berishni vaʼda qilgan “biznesmen”
Toshkent shahar. 2022 yil 8 noyabr kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 51 yoshli M.S. Sergili tumani IIF FMBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 20 iyul kuni Toshkent shahar Yashnabod tumanida yashovchi 60 yoshli B.M. Sergeli tumani Sadiy ko‘chasida joylashgan uylarida bo‘la turib uning ishonchiga kirib, uni aldab, unga o‘zini guyoki “biznesmenman” deb tanishtirib, B.M.ga pullarini uch baravar miqdorida ko‘paytirib berishini vaʼda qilib, undan 47.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib, hozirgi kunga qadar olgan pullarni qaytarib bermasdan kelayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Holat yuzasidan Sergeli tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Muallif: Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi TB
katta tergovchisi podpolkovnik D.Abduraxmanova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti