O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Iqboljonning sezgirligi sabab, olib qochilgan “Epica” egasiga qaytarildi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 07 mart kuni soat 23:30 larda nomaʼlum shaxs Qo‘qon shahri Qashqadaryo ko‘chasida 22 yoshli Rustamjon G‘.,ning yashash xonadoni oldida turgan unga tegishli “Epica” rusumli avtomashinasi qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib nomaʼlum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida Qashqadaryo ko‘chasida yashovchi 51 yoshli Arzitdin K., mast holatda avtomashinaning kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilganligidan foydalanib olib qochib, Qo‘qon shahri Turkiston ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotganida Iqboljon N.,ning boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasining yo‘lini qisib, transport vositalariga xavf tug‘dirib boshqarganligi sababli, Iqboljon N., da shubha uyg‘otib, u tomonidan ushlanib IIB ga xabar berganligi maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Arzitdin K.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.  

Hurmatli fuqarolar, moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech