O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“OLX.uz” sayti orqali firibgarlik sodir etgan shaxs aniqlandi

Toshkent shahri. 2021 yilning 03 mart kuni 31 yoshli Jasur B., “OLX.uz” sayti orqali 36 yoshli Zafar Sh., “NR” rusumli noutbuk va monobloklarni sotishga eʼlon berganligini ko‘rib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 10 dona “NR” rusumli noutbuk hamda 4 dona monobloklarni korxona uchun deya buyurtma berib, ushbu texnika vositalarini Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetining yonida olib, shu kuni kechgacha uning hisobiga 109 000 000 so‘m pullarni o‘tkazib berishga vaʼda qilib, qo‘lga kiritilgan texnika vositalardan bir dona noutbukni o‘ziga olib qolib, qolganini 7 635 AQSH dollar evaziga “Malika” savdo majmuasidagi do‘konda ishlovchi 26 yoshli Maxmudjon A.,ga sotib yuborgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Maxmudjon A.,dan 9 dona “HP” rusumli noutbuklar va 4 dona monobloklar bayonnoma asosida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jasur B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Jasur B.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulkingiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech