“Bor budingni berib, avtomashinadan tush!”...
Namangan viloyati. 2021-yil 27-noyabr kuni soat 23:30 larda 44 yoshli M.M. Norin tumanida yashovchi onasini xolidan xabar olish maqsadida “Damas” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Norin tumani “Toshqin” mahallasi hududiga yetib kelgan vaqtida “Damas” haydovchisi hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, yonida bo‘lgan pullarini berishligini talab qilib, jami 1700 AQSH dollari va 1 500 000 so‘m naqd pullarni ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, avtomashinadan tushishni talab qilganligi aniqlangan.
Jabrlanuvchi avtomashinaning davlat raqamlarini eslab qolganligi tufayli, mazkur jinoyat issiq izidan ochilib, haydovchi 26 yoshli T.D. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-modda 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilingan.
Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti