O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bosqinchilik qilmoqchi bo‘lganlar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi

Navoiy viloyati. 2022 yil 14 fevral kuni Uchquduq tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli M.B. tanishi 21 yoshli N.S. bilan jinoiy til biriktirib, Uchquduq tumani “Obod” ko‘chasida yashovchi 35 yoshli B.Q.ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, B.Q.ni qo‘rqitib mulklarini qo‘lga kiritishni rejalashtirganliklari maʼlum bo‘lgan.

Ushbu xabarga asosan Uchquduq tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, joriy yilning 16 fevral kuni tungi soat 02:00larda, qayd etilgan jinoiy qilmishni rejalashtirgan shaxslar ushbu rejani amalga oshirish maqsadida qo‘llariga tibbiy rezina qo‘lqop, yuzlariga tibbiy niqob taqqan va pichoq bilan qurollangan holda B.Q. oila aʼzolari bilan yashash xonadonida ekanligini aniq bilgan holda B.Q.ning mulklarini bosqinchilik yo‘li bilan talon-taroj qilish maqsadida, kirish eshigi orqali xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan vaqtida, tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanganligi sababli jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmaganlar.

Mazkur holat yuzasidan Uchquduq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 25,164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech