O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bosqinchilikka qo‘l urgan shaxsni yana boshqa jinoyatga aloqadorligi aniqlangan

Toshkent shahar. 2022 yil 21 fevral kuni Yangihayot tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga 24 yoshli O.B. ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni uning tanishi 27 yoshli S.F. Yangihayot tumani Do‘stlik-2 dahasida joylashgan “Turizm va biznes” kasb hunar kollejining oldida bo‘la turib, qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pichoqqa o‘xshash ashyo bilan, uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan “SAMSUNG GALAXY A32” rusumli telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan egallab olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, S.F. ushlanib, undan telefon apparati taqdiri so‘ralganda, u apparatni Chilonzor tumanida joylashgan “Farxod” bozoriga borib, o‘ziga notanish bo‘lgan shaxsga bosqinchilik yo‘li bilan egallagan telefon apparatini o‘ziniki sifatida 1.300.000 so‘m evaziga sotib yuborganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Bundan tashqari, tergov harakatlari davomida, ushbu shaxs yana boshqa jinoyatga aloqadorligi aniqlangan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech