O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda uch nafar shaxs 13 yoshli fuqaroga hujum qilishdi

Buxoro viloyati. 2022 yil 4 mart kuni soat 22:30larda 3 nafar nomaʼlum shaxslar o‘zganing mol-mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasidagi 44/5-uy oldida o‘tib ketayotgan voyaga yetmagan 13 yoshli A.A.,ga hujum qilib, qo‘lida bo‘lgan 4.500.000 so‘mlik “Xiaomi 11 Lite 5G” rusumli telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat 16 yoshli Q.N., 21 yoshli N.X. va X.X.,lar tomonidan sodir etilganligi, talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan “Xiaomi 11 Lite 5G” rusumli telefon apparati esa Buxoro shahar Markaziy bozorida savdo qiluvchi fuqaroga 500.000 so‘mga sotib yuborilganligi aniqlanib, mazkur telefon apparati ushbu fuqarodan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech