O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zining tilidan topdi

Samarqand viloyati. 2021 yilning 02 mart kuni soat 21:00 da 43 yoshli G‘afur S., ukasi 37 yoshli Shavkat S., bilan Urgut tumanida joylashgan “Korzinka.uz” savdo markazi oldida 29 yoshli Hasan O‘., ni oldindan davom qilib kelayotgan kelishmovchilik sababli, tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari hamda tayoq bilan urib jarohat yetkazganlar.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida, Hasan O‘.,da og‘ir tan jarohatlari aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Hasan O‘., G‘afur S.,ning turmushga chiqmagan qizini shaʼnini bulg‘ash maqsadida, gap so‘z tarqatib yurganligi sababli ushbu jinoyat sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘afur S., va Shavkat S.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “k,l” bandlari (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech