O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼgʼirlangan pullarning bir qismi tergovda qaytarildi

Qoraqalpogʼiston. 2020 yilning 14 sentyabrь kuni soat 12:00 da nomaʼlum shaxslar Taxtakoʼpir tumani “Jipek jolы” koʼchasida yashovchi 52 yoshli B.А., ning yashash uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, dam olish xonasida joylashgan seyfning ichidan jami 8.600.000 soʼm pullarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraoʼzak tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli А.Q., sodir etilganligi aniqlangan va jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Dastlabki tergov jarayonida А.Q.,dan 2.300.000 soʼm pullar ashiyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech