O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

To‘rt nafar o‘smir bir dona telefon apparatini talon toroj qilishdi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 10 may kuni soat 19:00 larda nomaʼlum shaxslar  Oltiariq tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “Yashil xiyobon” bog‘ida 19 yoshli B.Ilyosbekka kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, uning “Samsung” rusumli telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 19 yoshli R.Muzaffar, R.Asliddin, I.Shukurjon va 17 yoshli M.Xusniddinlar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech