Chilonzorda yo‘l to‘sarlar qo‘lga olindi
Toshkent shahar. 2022 yil 20 fevral tungi soat 00:05da, nomaʼlum shaxslar o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, boshqaruvlarida bo‘lgan “Spark” rusumli (davlat raqami mavjud bo‘lmagan) avtomashinada Toshkent shahar Chilonzor tumani 2-Qatortol ko‘chasidan Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 21 yoshli Sh.X.,ning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini oldidan to‘sish yo‘li orqali to‘xtatishib, uni avtomashinadan tushirib, qo‘llarini mushtlari bilan yuz qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazishgan hamda avtomashina ichida bo‘lgan 150.000 so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritishib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni 23 yoshli E.I. va M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlanishgan.
Hozirda yuqoridagi shaxslar nima sababdan bosqinchilikka qo‘l urganliklari aniqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti