Daladan 10 bosh qoramolni o‘g‘irlagan guruh aʼzolari ushlandi, qoramollar egasiga qaytarildi
Qashqadaryo. 2020 yilning 01 noyabr kuni nomaʼlum shaxslar Dehqonobod tumani Dovkamar qishlog‘i hududidagi dala maydonidan fuqaro Abdulla X., va boshqa bir nechta fuqarolarga tegishli jami 10 bosh umumiy bahosi 66.000.000 so‘mlik yirik shohli qora mollarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, ushbu o‘g‘irlikni 28 yoshli Homid K., 34 yoshli Ural Ch. va 31 yoshli Elmurod J.,lar sodir etganliklari aniqlanib, 10 bosh chorva mollar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Dastlabki tergov jarayonida, Ural Ch., Homid K., Elmurod J.,lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda ularga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti