O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Cho‘tal” o‘rniga sudlanadigan bo‘ldi

Navoiy viloyati. 2022 yil 27 mart kuni soat 02:30 larda Uchqduq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida57 yoshli J.D. o‘zi yashab kelayotgan Uchquduq tumani Shalxar ovulida joylashgan xonadonida 6 nafar fuqarolarga xar biridan 50 ming so‘mdan pul evaziga uyining mehmonxonasida qimor o‘ynashi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, qimor uyini ishtirokchilari yonida va davrada bo‘lgan jami 4 mln. 215 ming so‘m pul mablag‘lari, 2 dona karta qutisi va 90 dona qartalar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchquduq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan J.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech