Uy egasining sezgirligi jinoyatning oldini oldi
Qashqadaryo. 2020 yilning 13 noyabr kuni soat 03:30 da 41 yoshli Ibrohim S., o‘g‘irlik qilish maqsadida, Qarshi tumani, “Kat” MFY, Yangibog‘ qishlog‘ida yashovchi fuqaro 38 yoshli Jasur Dj., ning yashash uyi hovlisiga devordan oshib o‘tib, uyning eshik qulfini o‘zi bilan olib kelgan temir jism bilan buzgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirgan vaqtida, uyda oila aʼzolari bilan uxlab yotgan xonadon egasi Jasur Dj. uyg‘onib ketib, uni ko‘rib qolganligi sababli, qochib ketmoqchi bo‘lganida, Jasur Dj., uni ushlab olib, bu haqda Qarshi tumani IIBga xabar berganligi sababli, Ibrohim S., o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra o‘g‘irlik jinoyatini oxiriga yetkaza olmasdan, o‘g‘irlik jinoyatini sodir etishga suiqasd qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida, Ibrohim S.,dan eshik qulfini buzishda foydalangan bir dona temir jism ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ibrohim S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 2-qismi “G” bandi (o‘g‘irlik, yaʼni o‘zganing mol-mulkini uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, talon-toroj qilishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha Ibrohim S., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti