O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Covid-19” tahlili maʼlumotnomasini qalbakilashtirayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati. Joriy yilning 01 may kuni Shahrisabz shahar IIB ga fuqaro U.Q. (erkak) va boshqalar tomonidan ariza kelib tushgan bo‘lib unga ko‘ra, aviakassada ish yurituvchi bo‘lib ishlovchi “Raʼno” ismli ayol Rossiya davlatiga ishlashga ketayotgan fuqarolarga “Toshkent-evrolab” MCHJ Shahrisabz filiali tomonidan beriladigan “Covid-19” tahlili maʼlumotnomasini qalbaki ko‘rinishda 230 ming so‘m pul evaziga tayyorlab berayotganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsdan pullarini olib berishlarini so‘raganlar.

Tezkor qidiruv harakatlari davomida, fuqaro B.G. dan 8 nafar fuqaroga “Covid-19” tahlili maʼlumotnomasi hamda fuqarolar U.Q va Ya.D.dan “Covid-19” tahlili maʼlumotnomalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud texnik kriminalistika ekspertiza xulosasida ashyoviy dalil tariqasida olingan tahlil maʼlumotnomalar rangli printer yordamida tayyorlanganligi, muhr va imzolar qalbaki ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech