O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qamoqda tug‘ilgan g‘arazli reja

Qashqadaryo viloyati. Qarshi shahar Mag‘zon ko‘chasi 32-uyda yashovchi 43 yoshli B.Yu. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil iyun oyida u tergov hibsxonasida 45 yoshli E.S. bilan birga sudga qadar bir kamerada saqlangan vaqtida tanishib, E.S. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan sudlanayotganligi va agarda o‘zining jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni qoplab bersagina qamoqdan chiqib keta olishini va kegin uni ham yaqin tanishlari orqali qamoqdan olib chiqib ketishiga ishontirib, aldab buning uchun uning qizi orqali 18.000.000 so‘m moddiy zararni jabrlanuvchiga qoplatib berishiga erishib, qamoqdan chiqib ketganligidan so‘ng o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida uning qizining oldiga borib onasining ishlarini hal qilish uchun deb jami 7.500.000 so‘m pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmay olgan pullarini qaytarib bermayotganligini maʼlum qilib, pullarini undirishni va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 168-moddasi 3-qismi “B” bandi (firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech