Fermer xo‘jaligiga o‘g‘irlikka tushgan er-xotin
Qashqadaryo viloyati. 2022 yil 12 may kuni Shahrisabz shahar Qorasuv ko‘chasida yashovchi 64 yoshli Yu.N. shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 11 may kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs uning nomidagi Shahrisabz shahri “Qorasuv” MFY hududida joylashgan ko‘p tarmoqli ishlab chiqarishga moslashtirilgan fermer xo‘jaligining dala shiyponida joylashgan binosida hech kim yo‘qligidan foydalanib, eshikni nomaʼlum jism bilan g‘ayriqonuniy ravishda buzib ochib kirib, xonada turgan temir seyfni buzib, ichida bo‘lgan jami 3200 AQSH dollari va 12 mln. so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi ushbu fermer xo‘jaligiga joriy yilning 8 may kuni ishlash maqsadida kelgan 31 yoshli E.I. va uning sharʼiy nikohida bo‘lgan Sirdaryo viloyatida yashovchi 34 yoshli Q.T.lar sodir qilganliklari aniqlanib, E.I.dan 500 AQSH dollari va 562 ming so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, E.I. va Q.T.lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi
podpolkovnik S. Shirbacheyev
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti