Bobosining hovlisida ekinlarga qarab yurgan shovvoz endilikda qonun oldida javob beradi
Qashqadaryo viloyati. 2023 yilning 22 iyul kuni soat 15:30 larda Kitob tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, 29 yoshli K.X. o‘zining “Koyni” qishlog‘ida yashovchi bobosining yashash xonadoni hovlisiga 23 tup yashil rangli o‘tkir hidli o‘simliklarni tagiga ishlov berib, parvarishlab kelayotganligi maʼlum bo‘lib, ushbu o‘simliklar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan yashil rangli o‘simlik tarkibida kannabidiol moddasi borligi, bu taqiqlangan “kannabis” o‘simlik turi ekanligi, ushbu 23 to‘p “kannabis” o‘simligining nam holatdagi jami sof og‘irligi 3 kg. 450 gramm ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat bo‘yicha K.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tergov davom etmoqda.
Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi
podpolkovnik S.Shirbacheyev
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti