O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Sen olaver” hujjatlarini keyin rasmiylashtirib beraveraman!

Toshkent viloyati. 2021 yil mart oylarining boshlarida Yangiyo‘l tumani A.Temur ko‘chasida yashovchi 39 yoshli B.Sh. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Toshkent shahar Yangihayot tumani Sputnik ko‘chasida yashovchi 57 yoshli Z.B.ning ishonchiga kirib, unga Yangiyo‘l tumani Obod mahallasida joylashgan va o‘zining nomida bo‘lgan uyni 22.000 AQSH dollariga sotishini, hujjatlarini esa kelishilgan pullarni to‘liq olganidan so‘ng rasmiylashtirib berishini aytib, yolg‘on vaʼdalar berib, kelishilgan pullarni to‘liq qo‘lga kiritgandan keyin ushbu uyni Z.B.ning nomiga rasmiylashtirib bermay, bergan vaʼdasini bajarmasdan, olgan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

mayor T. Elbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech