O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zganing puli hisobiga “Forex”dan katta daromad olishni orzu qilgandi...

Namangan viloyati. 2022 yil 13 aprel kuni 26 yoshli A.J. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘zining tanishi 35 yoshli Sh.N.ning ishonchiga kirib, unga “Forex” nomli xalqaro valyuta ayirboshlash bozorida internet orqali ishtirok etib, kuniga 10 foiz foyda olish mumkinligiga ishontirib, buning uchun unga 10.000 AQSH dollarini berishini agarda ziyon ko‘rsa, jami pullarni o‘zi to‘lab berishini aytib, uni aldab, Sh.N.ning 8.800 AQSH dollari pullarini qo‘lga kiritishga erishganligidan so‘ng mazkur pullarni “Forex” xalqaro valyuta ayirboshlash bozorida yutqazib qo‘yganligini sabab qilib ko‘rsatib, pul mablag‘larini qaytarib bermaganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, A.J. o‘zining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, tanishi Sh.N.ning ishonchiga kirib, unga endilikda 100.000 AQSH dollari pul bergan taqdirda mazkur pullar bilan “Forex” xalqaro valyuta ayirboshlash bozorida internet orqali ishtirok etishligini, u bergan 100.000 AQSH dollari pullarni mazkur biznesga tikishini, kuniga 10 foiz foyda olish mumkinligini, bergan pullarining 10 foiz qismini bozorga qo‘yishini, agarda ziyon ko‘rsa, jami pullarni o‘zi to‘lab berishini, avvalgi safar yutqazgan 8.800 AQSH dollari miqdoridagi pullarni xam qaytarib berishiga aytib ishontirib kelganligi haqida viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, A.J.ga bergan pullarini undirishni va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan joriy yilning 8 iyun kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlik yo‘li bilan Sh.N.dan Davlatobod tumani “To‘raqo‘rg‘on” ko‘chasida joylashgan “Boburiy” nomli oshxonada 200.000.000 so‘m va 20.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech