O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘g‘rilik qilgan shaxslar ushlanib, tergov davomida 246.000 dollar pullar ashyoviy dalil tariqasida olindi

Toshkent shahar. 2022 yilning 31 may kuni soat taxminan 08-30lar atrofida nomaʼlum shaxslar Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida yashovchi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi 36 yoshli T.V.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirish eshigi kulfini buzgan holda kirib, xonadon yotoqxonasidagi shkafga o‘rnatilgan va ichida bo‘lgan 265.000 AQSH dollari bo‘lgan temir seyfini yashirin ravishda egallab, hodisa bo‘lgan joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Surxandaryo viloyatida yashovchi 24 yoshli J.M., R.l., 19 yoshli N.J., B.M., 20 yoshli O.O. va 23 yoshli T.A.lar sodir etkanligi aniqlanib, ulardan jami 246.000 AQSH dollari, 9.771.000 so‘m pullari, 100 yevro hamda mazkur pullarga sotib olingan bir dona “iPhone 13” telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda yuqoridagi shaxslarning xar biriga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi

katta tergovchisi podpolkovnik Sh.A.Mirkarimova

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech