Sudni hal qilib berishni vaʼda qilgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahar. 2021 yil 15 avgust kunidan to 2022 yil 10 yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt 41 yoshli O.X. tanishi 75 yoshli M.Sh.ning ishonchiga kirib, Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rilayotgan ishini ijobiy xal qilib berishini, tanishlari ko‘pligini va yuridik sohadan xabardor ekanligini aytib, Mirobod tumani Mironshox ko‘chasida joylashgan uylarning oldida fuqaro M.Sh.dan jami 25.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan, pullarni shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishini tergov qilish davomida qonun doirasida har bir fuqaroning xati-harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Hurmatli fuqarolar shaxsiy manfaatlaringizni ko‘zlagan holda, o‘zgalarning bergan vaʼdalariga uchib firibgarlik qurboniga aylanib qolmang.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
mayor F.K.Saloxov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti