Daladagi bosqinchilik
Toshkent viloyati. 2023 yil 05 iyun kuni soat 22:00larda Yangiyo‘l tumanida yashovchi 31 yoshli M.A. o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Farg‘ona viloyatida yashovchi 54 yoshli R.G‘. bilan uchrashib, M.A.ning boshqaruvida bo‘lgan “NEXIA-1” rusumli avtomashinasida Yangiyo‘l tumanida joylashgan dala yer maydoniga olib borib, u yerda avtomashinani kanal bo‘yiga to‘xtatib, R.G‘.ni avtomashinadan tushishiga erishib, uni chalg‘itib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan hujum qilib, tanasining turli joylariga qo‘llari bilan bir necha marotaba urib, uning yonida bo‘lgan 900.000 so‘m puli, bank plastik kartalari solingan hamyonini va bozor bahosi 2.000.000 so‘m bo‘lgan “REDMI-5” rusumli telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.
Natijada R.G‘. turli xil ko‘rinishidagi olgan tan-jarohatlari bilan Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida M.A. ushlanib, undan bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan hamyoni va “REDMI-5” rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-modda 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
mayor B.Z.Xamdamov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament