O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Damas” avtomashina yordamida sodir etilgan o‘g‘irlik

Qashqadaryo viloyati. 2022 yil 20 aprel kuni Kitob tumani Saroy qishlog‘ida yashovchi fuqarolar 29 yoshli B.M. va 31 yoshli S.A. Kitob tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 18 aprel kuniga o‘tar kechasi Kitob tumani Saroy qishlog‘i hududida joylashgan katta yo‘l yoqasiga bog‘lab qo‘yilgan 2 bosh qoramollarini nomaʼlum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini bildirib, ularni topishda amaliy yordam berilishini so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 20 yoshli S.Z. o‘zining jinoiy sheriklari 20 yoshli M.S., I.S. va 22 yoshli J.J.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda jinoiy reja tuzib, 2022 yil 18 aprel kuniga o‘tar kechasi Kitob tumani Saroy qishlog‘i hududida joylashgan katta yo‘l yoqasiga jinoiy sherigi J.S.ning otasi nomida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashina bilan o‘g‘rilik sodir qilish uchun borishib, o‘sha yerga bog‘lab qo‘yilgan jabrlanuvchilarga tegishli 2 bosh qora rangli ho‘kizlarini “Damas” rusumli avtomashinaning orqa saloniga ortib, hodisa joyidan yashirinishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,ular gumon qilinuvchilar protsessual tartibida ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech