Ishga yuborishni vaʼda qilib, fuqarolarni aldab kelayotgan firibgar qo‘lga olindi
Andijon viloyati. 2021 yilning yanvar oyida 53 yoshli Ayubxon J., Asaka tumani Obod MFY., hududida 42 yoshli Zuhriddin R.,ga Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishda yordam bera olishini aytib aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 6 500 AQSH dollar pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan olib, ushbu pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Ayubxon J., yana bir nechta fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natishini vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan pul mablag‘larini qo‘lga kiritib kelganligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ayubxon J.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Ayubxon J.,dan jabrlangan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti