O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Dastlab kalitni so‘ngra avtomashinani o‘zini

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2023 yil 8 aprel kuni soat 00:15 larda, nomaʼlum shaxs To‘rtko‘l tumani Qozog‘iston ko‘chasida yashovchi 36 yoshli R.A.ga tegishli moviy rangli “Cobalt” rusumli avtomashinasini uyining oldida turgan joyida, ushbu avtomashinaning kaliti bilan eshiklarini ochib, olib qochib, ushbu avtomashinani To‘rtko‘l tumani Sharxtor ko‘chasida qoldirib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ushbu jinoyatni 15 yoshli voyaga yetmagan I.A. va K.B.lar bir guruh bo‘lib oldindan jinoiy til biriktirib, sodir qilishganligi aniqlanib, qonunbuzarlar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida, gumonlanuvchilar so‘roq qilinib, ulardan nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganliklari so‘ralganda, voyaga yetmaganlar 6 aprel kuni jabrlanuvchining uyining yonidan o‘tib ketayotgan vaqtlarida mazkur avtomashina qarovsiz, eshiklari ochiq hamda kaliti uzida bo‘lganligidan foydalanib, avtomashinaning kalitini o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringanliklarini, ikki kun o‘tib, avtomashina joyida turganligidan foydalanib uni avval o‘g‘irlab ketgan kaliti yordamida ochib, shunchaki avtomashinani boshqarish uchun olib qochishganliklarini maʼlum qilishgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang. Ogohlik – davr talabi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech