Bir oyda berilishi zarur bo‘lgan pullar bir yilda ham qaytarilmadi
Andijon viloyati. 2019 yil 3 dekabr kuni Asaka tumanida yashovchi 25 yoshli L.T. o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 60 yoshli L.A.,ning ishonchiga kirib uyida bo‘lgan 50 bosh qo‘ylarini 7.500 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, avvaliga 450 AQSH dollarini o‘sha kuni berib, qolganini bir oy muddat ichida berishini aytib, 50 bosh qo‘ylarni olib ketib hanuzgacha bergan vaʼdasini ustidan chiqmagan. Fuqaro L.A. salkam bir yildan beri vaʼda qilingan pullarini ololmaganligi sababli jabrlanuvchi IIBga ariza bilan murojaat qilib, yuqoridagi fuqaroga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (ko‘p miqdorda sodir qilingan firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda xalol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizni xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘zingizni qo‘lingizda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti