“Disko-bar”dagi bezorilik
Surxondaryo viloyati. 2022 yil 6 fevral kuni soat 20:30 larda Qumqo‘rg‘on tumani “Navbahor” mahallasida yashovchi 36 yoshli Ch.M. Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Disko-bar” restoranida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, restoranga ovqatlanish uchun kelgan Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi 30 yoshli R.T. bilan o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida R.T.,ning yuz, bosh, ko‘krak sohalariga hamda tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra R.T. hodisa sodir bo‘lgan kuni “og‘ir” turdagi tan jarohatlari olganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Ch.M., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti