O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Dastlab qochishga ulgurgan jabrlanuvchini 3 zo‘ravon “kvartal” orasida qo‘lga tushirishdi

 

Toshkent shahri. 2021 yil 29 yanvar kuni soat 19:30 larda nomaʼlum shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, Uchtepa tumani 11-mavze Kichik halqa yo‘li ko‘chasidan o‘tib ketayotgan fuqaro 35 yoshli Ilhom A.,ga nisbatan hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan qimmatbaho buyumlarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lishganida, Ilhom A., u yerdan qochib ketgan, lekin nomaʼlum shaxslar uning orqasidan Chilonzor tumani 10-mavze 17 va 19-uylar oralig‘igacha quvib kelib, unga nisbatan tan jarohati yetkazib, Ilhom A.,ga tegishli narxi 2.000.000 so‘mlik “Samsung A-21 S” rusumli uyali telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni fuqaro 37 yoshli Viktor Z., 35 yoshli Mixail P. va Anatoliy L.,lar mast holatda sodir etganliklari hamda talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan Ilhom A.,ga tegishli “Samsung A-21 S” rusumli uyali telefon apparatini Uchtepa tumani Chilonzor dahasida joylashgan “Farhod dehqon bozori”da nomaʼlum shaxsga 300.000 so‘m evaziga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Viktor Z., Mixail P., va Anatoliy L.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida, Viktor Z., Mixail P., va Anatoliy L.,lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech