O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uy xizmatchisi chet el fuqarosini tunadi

Toshkent shahar. 2020 yilning 31 avgust kuni soat 18:00 dan 19:00 gacha boʼlgan vaqt oraligʼida, 28 yoshli .K. (ayol), oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani, 6-mavzesida vaqtinchalik farrosh boʼlib ishlab kelib, ushbu xonadonda vaqtinchalik istiqomat qiluvchi Turkiya davlati fuqarosi 55 yoshli N.E.,ga tegishli 7.000.000 soʼm miqdoridagi naqd pul mablagʼlari va bahosi 3.500.000 soʼmga teng boʼlgan “Cartier” rusumli erkaklar qoʼl soatini yashirin ravishda talon-toroj qilib, N.E.,ga jami 10.500.000 soʼm miqdorida moddiy zarar yetkazib, hodisa sodir boʼlgan joydan yashiringan.

Hodisa sodir boʼlgan joydan jami 15 dona skotch boʼlaklariga qoʼl barmoq izlari olingan hamda tergov oldi tekshiruv harakatlari davomida K.K.,dan 1.000.000 soʼm miqdoridagi naqd pullar va N.E.,ga tegishli boʼlgan “Cartier” rusumli erkaklar qoʼl soati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, K.K. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech