O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot.

Avval ma'lum qilinganidek, 2020 yilning 16 mart kuni soat 21:40 da Narpay tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Tekshirish natijasida aniqlashicha, 29-yoshli A.Ya., “Lacetti” rusumli avtomashinani Oqtosh-Mirbozor-Langar 4R-56 yo‘lida boshqarib kelib, yo‘l-harakat xavfsizligi qoidalarini buzgan holda M-37 avtomobil' yo‘lini ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqni urib o‘tib, ushbu yo‘lning ikkinchi qismining 105-kilometrida “Toshkent-Xorazm” yo‘nalishi bo‘ylab 53 yoshli I.J., boshqaruvida 18 nafar yo‘lovchilar bilan harakatlanib kelayotgan “Gazel'” rusumli avtomashinaga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida “Gazel'” rusumli avtomashina haydovchisi I.J. va shu avtomashinaning yo‘lovchisi 61 yoshli R.S., hodisa joyida vafot etgan, ushbu avtomashinaning 2 nafar yo‘lovchilari og‘ir va 9 nafar yulovchilari yengil darajadagi tan jarohati olgan bo‘lib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolgan 6 nafar yo‘lovchilar tan jarohati olmaganligi aniqlangan.
Shuningdek, “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi A.Ya., tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bundan tashqari, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida S.E., ga tegishli “VAZ-2106” rusumli hamda S.Sh., ga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinalarga “Gazel'” rusumli avtomashina to‘qnashishi natijasida transport vositalariga shikast yetkazilganligi, xaydovchilar esa tan jarohatlari olmaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalarini harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligini qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech