O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yo‘l hamma uchun...

Toshkent viloyati. 2021 yilning 22 mart kuni soat 13:00 larda 24 yoshli Zohidjon G‘., boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida Parkent tumani Qayilma hududidan o‘tuvchi jamoat joyi hisoblangan Parkent-Yangibozor chorrahasida “Spark” rusumli avtomashinada harakatlanib kelayotgan 26 yoshli Tohirjon G‘.,ning yo‘lini to‘sib, avtomashinasidan tushib uni hech bir sababsiz urib do‘pposlagan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Tohirjon G‘., yengil turdagi tan jarohatlari olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Zohidjon G‘.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.    

Tergov harakatlari davomida, Zohidjon G‘., Tohirjon G‘., bilan taksi yo‘nalishida yo‘l talashganliklari natijasida ushbu jinoyat kelib chiqqan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech