O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qimmatli sandiqcha

Andijon viloyati. 2021 yilning 13 yanvar kunidan 14 yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 larda nomaʼlum shaxs fuqaro 45 yoshli Yaxyobek T.,ning Paxtaobod tumani Yuqori MFY,da joylashgan xonadoniga mazkur xonadondan o‘tgan gaz trubasiga tirmashib devor orqali oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi Yaxyobek T.,ga tegishli bo‘lgan 700 AQSH dollari, 4.650.000 so‘m, bir dona ayollar tilla zanjiri, uch dona ayollar tilla uzuklari hamda uning oila aʼzolarining shaxsiga oid hujjatlari, uy kadastr hujjatlari saqlanib kelayotgan sandiqchani o‘g‘rilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.        

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 17 yoshli Sh.A. sodir etganligi aniqlangan va undan 5.950.000 so‘m, 100 AQSH dollari,  bir dona ayollar tilla zanjiri, uch dona ayollar tilla uzuklari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

 Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (o‘g‘rilik, yaʼni uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan bo‘lsa) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.        

Hozirda voyaga yetmagan Sh.A.,ga nisbatan ehtiyot chorasi tanlanmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech