Bekobodda avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent viloyati. 2020 yil 02 fevral kuni taxminan 12:00larda Bekobod shahri Me'mor ko‘chasida joylashgan aylanma harakatlanish joyi bo‘ylab harakatlanayotgan, 50 yoshli J.M.ning boshqaruvidagi ichida 20 nafar yo‘lovchilari bo‘lgan “Midibus-Isuzu” rusumli avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Avtobusdagi texnik nosozlik ya'ni old g‘ildirakning tormozlanib qolishi sababli o‘ng tomonga yonboshlab yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. Natijada 20 nafar yo‘lovchilardan 4 nafari shifoxonaga murojaat qilgan, qurbonlar yo‘q.
Avtobus Bekobod shahar markaziy bozoridan Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi GES tomonga harakatlanayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuriagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti