O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Beshariqda qurbonli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi

Beshariq tumani. 13 aprel' kuni E.M. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2102” rusumli avtomashinani Farovon ko‘chasida boshqarib ketayotib, velosipedchi M.B.ni urib yuborishi oqibatida B.M. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar!

Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqa fuqarolar hayotiga zomin bo‘lishingiz mumkinligini esdan chiqarmang. Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech