Voyaga yetmaganni oʼlimiga olib kelgan YTH
Jizzax. 2020 yilning 19 aprel kuni soat 07:20da Zomin tumanida yashovchi 28 yoshli B.U., "VАZ-21063" rusumli avtomashinasini Zomin tumanidan oʼtuvchi 4R-34 avtomobil yoʼlining 49 kilometrida, yoʼlning oʼng tomonidan chap tomoniga yugurib kesib oʼtayotgan voyaga yetmagan 4 yoshli S.U., ni urib yuborib, yoʼl-transport hodisasini sodir etgan.
Natijada voyaga yetmagan S.U. olgan tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga yotqazilgan va koʼrsatilgan tibbiy mualajaga qaramasdan vafot etgan.
Holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʼlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti