Oqdaryoda YTH: 2 nafar fuqaro vafot etdi, yana biri shifoxonada
Samarqand viloyati. 2020 yilning 13 sentyabrь kuni soat 01:30 da Oqdaryo tumani А.Temur MFY hududidan oʼtuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yoʼlining 37 km.da Buxoro-Samarqand yoʼnalishi boʼylab harakatlanib ketayotgan Oqdaryo tumanida yashovchi 31 yoshli B.А., ning boshqaruvida boʼlgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan uning old tomonida harakatlanib ketayotgan Narpay tumanida yashovchi 54 yoshli Oʼ.Sh.,ning boshqaruvidagi “PАZ-742” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan borib urilib yoʼl-transport xodisasi sodir qilgan.
Natijada “Lacetti” rusumli avtomashina yoʼlovchilari 55 yoshli B.J., va 49 yoshli А.А.,lar turli darajada tan jaroxati olib, hodisa joyida vafot etgan. Bundan tashqari, “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi B. А., ham olgan tan jarohati bilan tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur yoʼl transport hodisasi boʼyicha viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti